Xotirani oshirishning 10 usuli

Yoshligimdan doimo xotirani rivojlantirish,
«super-fenomenal» miya sohibi bo’lishga
qiziqib kelganman. Xuddi menga bir kitobni
bersa suvdek ichkandek uni yodlab olishni
va keyinchalik o’qigan ma’lumotimni
effektiv tarzda ishlatishni o’ylab
yurganman. O’zim ham student bo’lganim
uchun qanday qilib imtixonlarga tez va
puxta tayyorlanish haqida ko’p fikr yuritar
edim. Quyida esa tajribadan o’tgan , jahon
miqyosidagi mashxur maslahatlar
keltirilgan.

  1. Xotirani rivojlantirish asoslari
    Xotiraning asoslari haqida keyinchalik
    batafsil to’xtalaman. Axir , blogimning
    asosiy mavzusi ham shu da.Lekin umumiy
    rasmni berishim uchun aytishim mumkinki-
    bular fokusni oshirish, mnemonika, so’ngi
    ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish,
    strukturiviy o’qish va AQL XARITASI
    (mindmapping) va yangi innovativ interaktiv
    usullardir.
  2. Doimo Yangilikni o’rganib borish
    Learning is good for your brain.
    Aniq xotirani rivojlantirishi mumkin bo’lgan
    usullardan biri bu doimo yangi narsani
    o’rganishdir. Yoki qisqasi o’zbek maqolidek
    «Beshikdan to qabrgacha ilm izla».Buni
    ko’plab tadqiqotlar natija sifatida
    ko’rsatyapti. 2004 yilda «Nature» maqolasi
    shuni ma’lum qildiki , unga ko’ra kimda kim
    ko’proq ma’lumotga duchor bo’lsa ,
    miyaning kulrang moddasi miqdori oshibdi.
    Bu miyamiz bo’linmasi esa o’z navbatida
    ko’p holatlarda visualniy xotira bilan
    bog’lanadi.
    Oddiygina, agar siz ingliz tilini
    o’rganayotgan bo’lsangiz , buni
    to’xtatmasdan doimiy tarzda davom etish
    zarur. Bu inglizchasiga aytganda «Use it or
    Lose it» ya’ni «Ishlat yoki yo’qot» degan
    tamoyil bilan xulosalash mumkin. Bu xodisa
    xattoki ilmiy nomga ham egadir. Pruning —
    Xomtoklash deb ataluvchi ushbu
    fenomenga ko’ra miyadagi nerv yo’llari
    takrorlash davomida mustahkamlanib
    qalinlashib boradi, va buni teskarisi, hosil
    qilingan bilimga eltuvchi nerv tolalari
    torayib o’zi yo’qolib ketadi.
    Buning yaqqol isbotini «Zakovat»
    intellektual o’yinlari bilan shug’ullanib
    yuruvchi ko’plab o’quvchilarda
    kuzatganman.Ular doimo yangi
    informatsiya va faktlar yodlab yurganligi
    tufayli, xotirasi doimo o’tkir turadi. Negaki
    miyamiz qaysidir ma’noda pichoq singari
    ishlatganingiz sayin o’tkirlashib boraveradi,
    ishlatilinmasa o’tmaslashish boshlanadi.
  3. Turli xil usullarda o’rganing
    Judi Villsning fikriga ko’ra » Ma’lumotni
    saqlashda qanchalik miyaning ko’p regioni
    ishlatilsa, shunchalik ko’p o’zaro aloqalar
    deganidir. Bu esa shunchaki eslab qolishdan
    ko’ra , ma’lumotni o’rganishni nazarda
    tutadi »
    Odatda Visual, Auditorli va kinestetik
    o’rganuvchi insonlar bo’ladi. Bu yerda
    visual ko’rib yaxshi o’rganuvchilar, va
    auditorda esa eshitganda yaxshi
    tushunuvchilarni hamda kinestetik
    o’rganuvchilarga harakatlar bilan
    o’rganuvchilarni nazarda tutilgan.Maslahat
    shuki, birdan oshiq usullarni qo’llab
    yodlashga harakat qilish darkor. Til
    o’rganayotganda eshitib, hamda video ko’rib
    , o’qib va yozib, yoki do’stingizga tushuntirib
    berib o’rganishingiz mumkin. Har xil
    usullarni qidirib ko’ring, negaki bir xillik
    miyamizga yoqmaydi va miya darrovda
    zerikib qoladi.
  4. Nimani o’rgangan bo’lsangiz boshqa bir
    insonga o’rgating
    Teaching as a learning» (O’qitish orqali
    o’qimoq) bu juda ommabop bo’lib qolgan
    metodika hisoblanadi. Haligacha esimda
    bor maktabda o’qiyotgan paytimda
    matematika o’qituvchimiz menga mavzuga
    tayyorlanib kelib o’quvchilarga tushuntirib
    berishni aytar edi. Bu albatta mavzuni
    yaxshilab tushunishga olib boradi, negaki
    tushunish mumkin, lekin tushuntirish
    ozgina qiyin bo’ladi.Ayniqsa, so’zlar bilan.
    Agarda siz uni eplay olsangiz bu siz mavzuni
    yaxshi tushunganingizdan dalolatdir.
    Aristotelning gapi bilan aytganda «Men
    tushunaman, shuning uchun men
    o’qitaman»
    Bu metodikaning ishlashining boshqa bir
    sababi shundaki, siz xabarni o’rganar
    ekansiz, tushuntirish uchun o’z tajribangiz
    va o’z so’zlaringizga tayanasiz. Institutimda
    bir narsani sezganmanki, imtixonlar
    yaqinlashgan sari qaysidir do’stimga
    mavzularni tushuntirib bersam, fan
    yuzasidan o’z mavzuim yanada
    mustahkamlashgan .
  5. Oldingi bilim keyingi bilimga madadkor
    Kreativlik -ijodkorlik,deb ta’rif beradi
    Britannica Ensiklopediyasi, bu qachonki
    sizning oldingi bilimingizni yangi bilim bilan
    birlashtirib olsangiz sodir bo’ladi. Shunga
    ko’ra effektiv o’rganuvchi bu aloqalarni
    bog’lab oluvchi hisoblanadi.Ya’ni
    assotsatsiya- agar sizga men hozir Italiyani
    xaritasi chizib bering desam chizib bera
    olasiz, va Daniyanichi desam chiza
    olmasligingiz mumkin, negaki siz Italiyani
    o’zizdan oldingi bilim bo’yicha assotsatsiya
    qilgansiz, ya’ni etik shaklida(buni hamma
    biladi). Etikni nimaligini bilishingiz, Italiyani
    xaritasini eslab qolishda yordam
    berayapti.Darvoqe, Assotsatiya bu
    xotiraning eng asosiy qonuniyatlaridan
    biridir, shuning uchun aytiladi agarda sizda
    assotsatsiya bo’lsa, siz o’sha ma’lumotni
    eslab qolasiz, agarda assotsatsiya bo’lmasa
    siz hech narsani eslab qolmaysiz.
  6. Praktikal tajribaga erishing
    Konfutsiy aytgan edi «Men eshitaman-men
    bilaman, men ko’raman-men eslab
    qolaman, men bajaraman- men
    tushunaman». Bu shuni anglatadiki, biz
    kitob o’qiymiz, leksiyalarga qatnashamiz,
    kutubxonada vaqt o’tkazamiz yoki
    internetda suzamiz va informatsiyani
    ko’rsakda va uni yozib olish qaysidir
    miqdorda foyda bersada, bilimni haqiqiy
    hayotga tatbiq etish eslab qolish va uni
    tushunishning bu eng zo’r usullardan
    biridir. Agar siz sport bilan shug’ullansangiz,
    yoki yangi mashqlarni o’rgansangiz, u
    ustida amaliy mashqlar bilan shug’ullanish
    mashqni yaxshi o’rganishdagi katta
    yuksalishdir.Yoki bo’lmasam siz mashina
    haydashni teoriyasini zo’r bilishingiz
    mumkin lekin amaliyotsiz u bilim chuqur
    bo’lmaydi va ko’p amaliyotga chiqish orqali
    keyinchalik qiynalmasdan mashinani
    haydashda «shumaxer» bo’lib ketishingiz
    mumkin.
  7. Javobga yetib borishning logikasi uni
    eslab qolishdan ko’ra samaraliroq
    Matematika o’qituvchilarimning sayi
    harakatlari tufayli matematikaga
    boshqacha mehr qo’yganman , va
    o’qituvchilarimiz doimo takrorlar edi :
    javobni eslab qolmanglar, uni qanday
    chiqarishni bilib olinglar. Ha , bu usul orqali
    hozir ham men uchburchakning yuzi , geron
    formulasini va boshqa ko’plab formulalarni
    qayerdan kelib chiqqanligini bilaman, va
    haligacha ularni eslayman. Formulami yoki
    qandaydir xabar kerek bo’lsa uni qayerdan
    ildiz otib chiqqan bo’lsa , o’sha yer orqali
    eslab qolish, uzoq muddat davomida
    xotirangizda o’rnashib qolishini
    kafolatlaydi. Ba’zi paytlarda javobini eslay
    olmaysiz, lekin ana shunday holatlarda ham
    siz javobga, uni mantig’ini o’ylab chiqib yetib
    borish mumkin bo’ladi.
  8. Qaysi biri sizning usulingiz
    Yana bir xotirangizni va tezkor
    o’rganishning muhim qadami bo’lib bu
    sizning o’zingizning eng yaxshi o’rganish
    odatlaringiz va usuingizni bilishdir. Bu sizga
    optimal darajadagi natija beradi , albatta.
    Bu haqida juda ko’plab teoriyalar chop
    etilgan. Ulardan biri Hovard Gardnerning
    Ko’p sonli intellekt to’g’risidagi teoriyasi yoki
    Karl Yungning turli xil o’rganish stillari
    to’grisidagi fikrlari o’rganishda ajoyib
    strategiya bo’lib hizmat qilishi mumkin.
    Yuqoridagi mavzular bo’yicha ham kelasi
    postlarda xabar berib boraman. Eng
    muhimi shuki, o’zingizga yoqqan usulda
    rivojlanishingiz kerek.
  9. Testlarni yechish o’rganishni tezlatadi
    Testing can be more effective than
    studying.Test yechishlar faqatgina
    o’qishdan ko’ra ancha foydaliroq bo’lar
    ekan. Aslida, bu ozgina intuitsiyaga teskari
    bo’lib aytishingiz mumkinki ko’p vaqtni
    o’qish bilan sarflash o’rganishni eng yuqori
    darajaga olib chiqadi deb, ammo bir qancha
    manbalar quyidagi natijalarga olib keldi :
    mavzuga oid test yechish siz o’rgangan
    materialni eslab qolishda o’z foydalarini
    ko’rsatadi . Bir tadqiqotda studentlarga
    o’qishga vaqt beradi va keyin test ishlatadi,
    natijada ushbu gruppa vakillari uzoq
    muddat davomida materialni eslab
    qolishgan. Bu natija boshqa studentlar
    o’rtasida o’tkazilganda , va ularga
    qo’shimcha vaqtlarda ko’proq o’qigan bo’lsa
    ham ular birinchi gruppadan pastroq natija
    ko’rtatibdi. Ochig’i, bu usul menga
    ozmuncha tanishdir, haligacha esimda
    abiturientlik paytimda barcha abiturientlar
    kabi 1 yil davomida juda katta hajmdagi
    xabarni eslab qolishimga to’g’ri kelar edi, va
    repetitorimning ajoyib tavsiyasiga muvofiq
    adabiyot fanidan tayyorlanganda barcha
    studentlar savol va test tuzib kelardi , keyin
    esa bir birimizga tarqatilar edi. Oqibatida
    esa biz ikki tomonlama foyda olar edik :
    ham o’zimiz bevosita savol tuzishda
    qatnashardik va boshqalarning savollariga
    javob berar edik. Javoblarni ham tekshirish
    oson kechardi.
  10. Ko’p mashqlarni bir vaqtda bajarishni
    to’xtating
Previous Post: «OILA RASMI»  Testi

August 2, 2022 - In Foydali Psixologiya

Next Post:  Xotirani o‘rganish mashg‘uloti

September 5, 2022 - In Metodika va Treninglar

Related Posts

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

8 + 2 =