O‘quvchi nerv tizimining xususiyatlarini o‘rganish metodikasi

Mazkur metodika o‘quvchilarning nerv tizimiga xos xususiyatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, oliy nerv faoliyati tiplari haqidagi nazariy qarashlarga asoslangan (metodika A.A.Polejayevning takliflari asosida ishlab chiqilgan). Metodikaning stimul materiali har xil temperament tiplariga ega bo‘lgan odamlarning hulq – atvorigaoid sifatlarni ifodalovchi hukmlardan tashkil topgan. Sinaluvchi bu hukmlar bilan tanishib chiqqach, ular orasidan o‘z odatiy hulq – atvorini aks ettiruvchi hukmlarni tanlashi kerak.

Sinaluvchiga ko‘rsatma: «Sizga ma’lumki, turli hayotiy vaziyatlarda odam o‘zini har xil tutadi. Quyida inson hulq – atvorining har xil shakllarini tasvirlovchi hukmlar keltirilgan. Barcha hukmlar to‘rtta – to‘rttadan o‘n ikki bandiga ajratilgan. Siz bu hukmlar bilan tanishib chiqib, har bir band o‘z ichiga olgan to‘rt hukm orasidan o‘zingizning odatdagi hulq – atvoringizga ko‘proq mos keladigan bitta hukmni tanlang va javob varaqasida uning tartib raqamini belgilab qo‘ying».

Metodika matni.

1.1. Kayfiyati barqaror emas, tez – tez o‘zgarib, shodlik o‘rnini g‘am egallashi hech gap emas.

1.2. Kayfiyati doimo barqaror, bir tekis

1.3. Kayfiyati odatda ko‘tarinki, quvnoq

1.4. Kayfiyati odatda mayus, g‘amgin

2.1. Xatti – harakatlari faol, harakatchanligi yuqori

2.2. Xatti – harakatlari vazmin, imo – ishoralari sekinlashgan

2.3. Xatti – harakatlari ishonchsiz, ovozi past va kuchsiz

2.4. Xatti – harakatlari shoshqaloq, keskin.

3.1. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ham, maqsadga intilaveradi, yengil yo‘lni qidirmaydi.

3.2. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganda qattiq  siqiladi, ishga qaytadan kirishishni xohlaydi.

3.3.  Muvaffaqiyatsizlikka uchragandamaqsadga erishishning osonroq yo‘llarini qidirishga kirishadi.

3.4. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganda uni tez orada unutadi va har qanday yangi ishga kirishadi.

4.1. Tez toliqadi, xayol surishni yaxshi ko‘radi.

4.2. Berilib ishlaydi, lekin shijoati uzoqqa cho‘zilmay ishni yarmidan tashlab yuborishi mumkin.

4.3. Ishga astoydil kirishadi va nima bo‘lsa ham uni oxirigacha yetkazishga intiladi.

4.4. Har qanday ishga, bir vaqtning o‘zida bir necha ishga qo‘l urishi mumkin.

5.1. Muloqotda o‘zini emotsional tutadi, baland ovoz bilan kulishi, pantomimikadan faol foydalanishi mumkin.

5.2. Doim atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishga, boshqalar kayfiyatini ko‘tarishga harakat qiladi.

5.3. Muloqotda o‘zini kamtarona va mulohazali tutadi. 

5.4. Muloqotda bo‘lishga intilmaydi, quvnoq davralarni yoqtirmaydi, ammo yaqin do‘stlar bilan tez – tez muloqot qilib turishni xush ko‘radi.

6.1. Tashvishida ham, shodligida ham boshqalar bilan dardlashadi.

6.2. Notanish odamlar bilan hasratlashib o‘tirmaydi

6.3. O‘zining barcha hissiyotlarini yolg‘izlikda kechirishga odatlangan.

6.4. Hissiyotlarni jo‘shqin kechiradi, hatto, umuman notanish odamga o‘z kechinmalari haqida gapirib berishi mumkin.

7.1. Tanbehni xotirjamlik bilan qabul qiladi, torishmaydi, lekin aynan bir xatoni takrorlashi mumkin.

7.2. Tanbehga norozi bo‘ladi, tortishadi, o‘zining oqlash uchun bahona qidiradi.

7.3. Tanbehni diqqat bilan tinglaydi, xatolarini tezda to‘g‘rilashga harkat qiladi.

7.4. Har qanday tanbehdan qattiq xafa bo‘ladi, qattiq ta’sirlanadi.

8.1. Biror ishdan so‘ng boshqasiga tezda kirisha olmaydi, o‘zini xorgin sezadi.

8.2. Sag‘alga chachamaydi – yu, lekin uni tez unutadi.

8.3. Avvalgi ishni yakunlamagan holda tashlab, yangi ishga kirishishi mumkin.

8.4. Qiyin vazifani bajarib bo‘lgach, tezda boshqa ishga kirishib ketishi mumkin.

9.1. Dard – alamni jo‘shqin kechiradi, lekin uni tez unutadi.

9.2. Dard – alamni oson kechiradi va tezda uni unutadi.

9.3. Dard – alamni og‘ir kechiradi, uni uzoq vaqt yodidan chiqarmaydi.

9.4. Dard – alamni atrofdagilarga ko‘rinmasa ham ancha og‘ir kechiradi.

10.1 Kulgu va hazilkashlikni yoqtiradi, birov uning ustidan xazillashsa xafa, bo‘lmaydi.

10.2. Kam hazillashadi, hazildan tez – tez xafa bo‘lib turadi.

10.3. Yaxshi xazilni sevadi va qadrlaydi, lekin birovning ustidan uyushtirilayotgan hazilda qatnashmaslikni ma’qul ko‘radi.

10.4. Odamlarga yoqishi yoki yoqmasligini o‘ylamay ular ustidan hazillashib turadi.

11.1 Ishga kirishishdan oldin hammasini puxta o‘ylab chiqib, rejalashtiradi, bordi-yu rejalar buzilsa, yangi sharoitga ko‘nika olmaydi.

11.2. Har qanday ishga oqibatini o‘ylamay kirishadi, sharoit o‘zgarsa, yangi sharoitga oson moslashib ketadi.

11.3. Ish rejasini tez, hatto, ish davomida ham tuzishi, shuningdek, ish sharoiti o‘zgarishi bilan yangi sharoitga qiynalmay ko‘cha olishi mumkin.

11.4. Qat’iyatsizligi tufayli ish rejasini qiyinchilik bilan tuzadi, ko‘pincha tayyor rejadan foydalanadi, sharoit o‘zgarib qolsa, nima qilishini bilmay qoladi.

12.1. Nozik hissiyotlar, ayniqsa, estetik taassurotlar sohasida juda ta’sirchan.

12.2. Taassurotlarni o‘zgartirishga intilmaydi, o‘zini odatdagi sharoitda yaxshiroq his etadi.

12.3. Z.Yorqin taassurotlarni, ularning tez – tez almashinishini yoqtiradi-yu, lekin bunga jon – jahti bilan intilmaydi.

12.4. Taassurotlarni o‘zgartirishga faol harakat qiladi, mehmonga muzey, ko‘rgazma va shu kabi joylarga tez – tez borib turadi.

Natijalarni hisoblash.

Natijalarni hisoblash uchun javob varaqasi (1 – ilova) ning har bir ustuni bo‘yicha nechtadan hukmning tartib raqamiga belgi qo‘yilgani aniqlanadi. Qaysi ustunda eng ko‘p miqdorda belgi qo‘yilgan bo‘lsa, sinaluvchida ushbu ustunga mos keluvchi temperament tipi yetakchilik qilishi haqida xulosa chiqariladi.

Temperament tiplarining psixologik tavsifi

(Kolominskiy Ya.L. Chelovek: Psixologiya: Kn. Dlya uchaщixsya st. klassov – 2 – ye izd. Dop. – M.: Prosveщeniye, 1986. – 223 s. 213 – 214 betlar)

Sangvinik – baland ovoz bilan kulish; faol mimika hamda pantomimika; hissiyotlarning yuzda yorqin ifodalanishi; quyi darajadagi senzitivlik, yuqori darajadagi harakatchanlik; yangi ishga tez kirishish; topqirlik; hissiyot va qiziqishlarning tez o‘zgarishi; notanish odamlar bilan tez chiqishish; yangicha sharoitga tez moslashish; bir ishdan ikkinchisiga tez ko‘chish.

Xolerik – quyi darajadagi senzitivlik; yuqori darajadagi faollik; sabrsizlik va jizzakilik; tutaquvchanlik; rigidlik, qat’iyatlik; diqqatni ko‘chirishga qiynalish; qiziqishlar va intilishlarning barqarorligi.

Flegmatik – quyi darajadagi senz-itivlik, emotsionallikning sustligi; xafa qilish, kuldirish, jahlni chiqarishning  qiyinligi; bosiqliq va vazminlik; mimika harakatlarining sustligi; harakatlarning ifodasizligi; sabr-toqatlik; diqqatning ko‘chirishga qiynalish; yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashish.

Melanxolik – yuqori darajadagi senzitivlik; arzimagan narsadan ta’sirlanish; xafalanuvchanlik;  reaktivlikning sustligi; mimika va  harakatlarning ifodasizligi; past ovozda gapirish va yig‘lash; darsda kam qo‘l ko‘tarish; tez charchash; diqqatning tez ko‘chishi va beqarorligi.

Eslatma № 1. Mazkur metodikani ham guruhiy, ham individual shaklda o‘tkazish, undan muayyan o‘quvchi haqida o‘qituvchining ekspert fikrini bilishda foydalanish mumkin.

Eslatma № 2. Mazkur metodika orqali o‘quvchining nerv tizimiga xos xususiyatlarning o‘rganishda shuni e’tiborga olish kerakki, bir odamning xulq – atvorida ikki xil hatto, uch xil temperamentga xos alomatlar kuzatilishi ham mumkin (biroq bitta odamda to‘rt xil tip belgilari bo‘lish mumkin emas).  

KALIT

SangvinikFlegmatikXolerikMelanxolik
11.21.21.11.4
22.12.22.42.3
33.43.13.33.2
44.44.34.24.1
55.25.45.15.3
66.16.36.46.2
77.37.17.274
88.48.28.38.1
99.29.49.193
1010.110.310.410.2
1111.311.111.211.4
1212.412.212.312.1
S    

Metodika manbasi: Rogov Ye.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa: Ucheb. Posobiye, V 2kn. – Z – ye. – M.: Gumanitar. Izd. Sentr VLADOS, 2000. – Kn. 1: Sistema rabotы psixologa s detmi raznogo vozrasta. 346 – 353 b.

Previous Post: O‘quv motivini baholash metodikasi

August 1, 2022 - In Metodika va Treninglar

Next Post: «OILA RASMI»  Testi

August 2, 2022 - In Foydali Psixologiya

Related Posts

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

7 + 3 =