O‘quv motivini baholash metodikasi

Mazkur metodika 6 – 8 yoshdagi bolalarning o‘quv motivatsiyasi, maktabga bo‘lgan munosabati, o‘qish bilan bog‘liq vaziyatga nisbatan emotsional reaksiyasini aniqlashga qaratilgan. (metodika N.G.Luskanova tomonidan taklif etilgan).

Anketa savollari.

1.  Senga maktab yoqadimi yoki unchalik yoqmaydimi?

  • unchalik yoqmaydi.
  • yoqadi
  • hecham yoqmaydi.

2. Ertalab uyg‘onib, doim xursandchilik bilan maktabga kelasanmi yoki ko‘pincha uyda qolishni istaysanmi?

  • ko‘pincha uyda qolishni istayman
  • ba’zida borishni, ba’zida qolishni istayman
  • xursandchilik bilan maktabga boraman

3. Agar o‘qituvchi ertaga xohlaganlar kelib, xohlaganlar kelmasligi mumkin desa, sen maktabga borarmiding?

  • bilmadim
  • uyda qolardim
  • maktabga borardim

4. Biror bir dars bo‘lmasligi senga yoqadimi?

  • yoqmaydi
  • ba’zida yoqadi, ba’zida yoqmaydi
  • yoqadi

5. Uy vazifalaring yo‘q bo‘lishini xohlarmiding?

  • xohlardim
  • xohlamasdim
  • bilmadim

6. Maktabda faqat tanaffus bo‘lishini xohlarmiding?

  • bilmadim
  • xohlamasdim
  • xohlardim

7. Sen ota – onangga maktab hakida ko‘p gapirib berasanmi?

  • ko‘p gapirib beraman
  • kam gapirib beraman
  • umuman gapirib bermayman.

8. O‘qituvching o‘rniga boshqa mehribonroq o‘qituvchi kelishini xohlarmiding?

  • bilmadim
  • xohlardim
  • xohlamasdim

9. Sinfda o‘rtoqlaring ko‘pmi?

  • kam
  • ko‘p
  • umuman yo‘q

10. Senga sinfdoshlaring yoqadimi?

  • yoqadi
  • unchalik yoqmaydi
  • yoqmaydi.

Eslatma: mazkur anketa individual tashxis davomida ham, guruhiy tashxis maqsadida ham qo‘llanilishi mumkin.

Natijalarni qayta ishlash uchun quyidagi kalitdan foydalaniladi.

Savollar1-javob uchun ball2-javob uchun ball3-javob uchun ball
1130
2013
3103
4310
5031
6130
7310
8103
9130
10310

Natijalarni baholash:

1. 25 – 30 ball. O‘quv motivatsiyasi yuqori. Bunday bolalar o‘zining bilish motivi kuchli ekanligi, barcha topshiriqlarni yaxshi bajarishga intilish bilan ajralib turadi.

2. 20 – 24 ball. O‘quv motivatsiyasi o‘rtacha. Bunday o‘quvchilar guruhi o‘quv faoliyatini ancha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bolalardan tashkil topadi.

3. 15 – 19 ball. Maktabga munosabat ijobiy, ammo bolani ko‘proq o‘qish bilan bog‘liq bo‘lmagan tomonlar qiziqtiradi. Bunday o‘quvchilar maktabda o‘zlarini yaxshi his etadilar, biroq maktabga asosan o‘rtoqlar, o‘qituvchilar bilan suhbatlashishi, chiroyli o‘quv qurollariga ega bo‘lish uchun boradilar.

4. 10 – 14 ball. O‘quv motivatsiyasi past. Bunday bolalar maktabga borishni xohlamaydilar, darslarda bekorchi narsalarda bilan shug‘ullanib, o‘ynab o‘tiradilar.

5. 10 balldan past. Maktabga nisbatan salbiy munosabat, dezadaptatsiya moslashmaganlik mavjud. Bunday o‘quvchilar o‘quv faoliyatini bajarishga qiynaladilar, tengdoshlar va o‘qituvchilar bilan bo‘lgan munosabatda muammolarga duch keladilar, ularda ayrim hollarda nerv – psixik salomatlikning suzilishi kuzatiladi.

Eslatma: Anketani ikki usulda qo‘llash mumkin.

1 – usul. Savollar eksperementator tomonidan o‘qib eshittiriladi va javob variantlari taqdim etiladi, bolalar o‘zi tanlangan javobni yozib qo‘yadi.

2 – usul. Savollar har bir bolaga alohida – alohida yozma ko‘rinishda tarqatiladi, bolalar tegishli javoblarni belgilaydilar.

Metodika haqida qo‘shimcha ma’lumot: so‘rovnomadagi savollar 200 nafar 6 – 8 yoshdagi o‘quvchi bilan o‘tkazilgan so‘rov asosida bolalarning maktabga, o‘qish jarayonida bo‘lgan munosabatini to‘liqroq aks ettiruvchi savollar sifatida ajratib olingan.

Metodika manbasi: Ratanova T.A., Shlyaxta N.F. Psixodiagnosticheskiye metodы izucheniya lichnosti:  Uchebnoye posobiye. – Pererabotannoye i dopolnennoye izdaniye posobiya: T.A.Ratanova, L.I. Zolotareva, N.F.Shlyaxta «Metodы izecheniya i psixodiagnostika lichnosti» – M.: Moskovskiy psixologo – sotsialnыy institut: Flinta, 1998. 60 – 64 betlar.

Previous Post: «Nutqlarni eslab qol va o‘z joyiga qo‘yib chiq» metodikasi.

August 1, 2022 - In Metodika va Treninglar

Next Post: O‘quvchi nerv tizimining xususiyatlarini o‘rganish metodikasi

August 1, 2022 - In Metodika va Treninglar

Related Posts

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

− 2 = 8