«GRAFIK DIKTANT» Metodikasi

«Grafik diktant» metodikasi murakkablik darajasi o‘sib boradigan qilib tuzilgan uchta grafik tasvirdan iborat. Test katak qog‘ozda bajariladi.

«Grafik diktant» metodikasi bolaning o‘quv faoliyatiga individual tayyorligi haqida kerakli ma’lumotlarni beradi. O‘qitish o‘qituvchining o‘quvchiga u yoki bu o‘quv ma’lumotini berish emas, balki o‘quvchining mustaqil faoliyati shakllantiriladigan muhitni yaratishdan iborat.

Grafik diktant maktabgacha yoshdagi bolaning o‘qituvchini tinglashga, diqqatini jamlay olishga, tushuntirishlarni eslab qolishga qodir yoki qodir emasligini ko‘rsatadi. Odatda, ko‘pchilik bolalar 6-7 yoshda verbal ko‘rsatmalarda berilgan topshiriqlarni bajarishda qiynalishadi. Bunday hollarda psixolog doskada «katak qog‘ozni» chizib, unda vazifani to‘g‘ri bajarish yo‘lini ko‘rsatib berishi maqsadga muvofiqbo‘ladi.

Metodikani o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar

Psixolog vazifani bajarishni quyidagicha tushuntiradi:

«Hozir biz siz bilan har xil naqshlarni chizamiz. Ular chiroyli va aniq chiqishiga harakat qilish kerak. Buning uchun siz meni diqqat bilan eshitishingiz kerak. Men qaysi tomonga va nechta katakka chiziq chizish kerakligini aytaman. Siz faqat men aytgandek chiziqlarni chizing. Chiziq chizganingizdan so‘ng, uni qanday davom ettirish kerakligini aytgunimcha kutib turing. Qalamni qog‘ozdan uzmang, chiziq uzluksiz bo‘lishi kerak».

O‘ng qo‘lini hamma biladimi? (Hamma o‘ng qo‘lini ko‘taradi). Hamma chap qo‘lini biladimi? (Hamma chap qo‘lini ko‘taradi). Men: «O‘ng tomonga bir katakka chiziqcha chizing dega-

Juda yaxshi

nimda, siz bunday chiziq chizasiz». (Doskada yoki qog‘ozda ko‘rsatadi). Endi men chiziqni ikkita katak yuqori, so‘ngra uchta katak o‘ngga chizaman. (Doskada yoki qog‘ozda ko‘rsatadi). So‘ngra psixolog naqsh mashqini ko‘rsatadi: «Birinchi naqshni chizishni boshlay-miz. Qalamni eng yuqori katakka qo‘ying. Qalamni qog‘ozdan uzmasdan chiziqni chi-zing: bir katak pastga. Qalamni qog‘ozdan uzmang. Endi bir katak o‘ngga. Bir katak yuqoriga.

Yaxshi

Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga». So‘ngra xuddi shunday naqsh chizishni mustaqil davom ettiring.

Psixolog diktant qilish vaqtida bolalar avvalgi chiziqlarni tugatib ul-gurishlari uchun yetarlicha tanaffus qilishi kerak. Naqshni mustaqil davom ettirish uchun 1,5-2 daqiqa vaqt beriladi. Naqsh albatta qator oxirigacha da-vom ettirilishi kerak. Psixolog bolalar ishni bajarish jarayonida har safar ko‘rsatilgan nuqtadan boshlashlarini kuzatib turadi, bolalarni ruhlantiradi (sen albatta uddasidan chiqasan, yana bir urinib ko‘r). Shu bilan bir vaqtda naqshni bajarish bo‘yicha hech qanday aniq ko‘rsatma berilmaydi.

Qoniqarli

Bolalar naqsh mashqini mustaqil bajarganlaridan so‘ng psixolog aytadi: «Keyingi naqshni chizamiz. Qalamlarni oling. Endi qalamlarni keyingi nuqtaga qo‘ying. Tayyorlaning, diktantni boshlaymiz. Bir katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak o‘ngga. Endi huddi shu rasmni chizishni o‘zingiz davom ettiring». Hamma bolalar ham naqsh rasmini «anglab» olmasliklari mumkin. Rasmni anglab olgan bolalar topshiriqni bajarishni mustaqil tugallaydilar.

Qoniqarsiz

Odatda bunday bolalar «Men qanday rasmligini tushundim» yoki «Men chizishni qanday davom ettirishni bilaman» deydilar. Bolalarning bunday iboralarini ma’qullash va topshiriqni mustaqil yakunlashni taklif etish kerak. Naqshni anglab olishga qiy-nalgan bolalar uchun psixolog butun rasmni asta-sekin va chidam bilan aytib turishi kerak.

Hamma bolalar topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin psixolog shunday deydi: «Keyingi naqshni chizamiz. Diqqat. Uchta katak yuqoriga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita katak pastga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita katak yuqoriga. Bitta katak o‘ngga. Uchta katak pastga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita katak yuqoriga. Bitta katak o‘ngga. Endi naqshni o‘zingiz davom ettirishga urunib ko‘ring».

Uchinchi topshiriq eng murakkab hisoblanadi. Shuning uchun psixolog tashxis jarayonida e’tiborli bo‘lishi va bolalarga topshiriqni bajarishda dalda berib turishi kerak.

Izoh

Topshiriqni bajarishni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

  • bola verbal ko‘rsatmani qabul qila oldimi yoki psixolog topshiriqni bajarishni qog‘ozda yoki doskada ko‘rsatdimi;
  • bola qator oxirigacha topshiriqni to‘g‘ri bajardimi;
  • ishning qaysi bosqichida bola rasm chizishning mantiqiy qonuniyatini «anglab» yetdi;
  • topshiriqni bajarish dinamikasi oddiydan murakkabga — uchinchi grafik rasmda takrorlanish davriyligi keskin murakkablashadi;
  • kuchga — qalamni bosish zaifligiga, yumshoqligiga, topshiriqni bajarishidagi yengillikka alohida e’tibor beriladi.

Loyihaviy metodikalar natijalarini tahlil qilishda qalamni qattiq bosish — yuqori bezovtalanish belgisi, zaif bosish — o‘ziga, o‘z kuchiga, imkoniyat-lariga ishonmaslik belgisi hisoblanadi.

Agar bola har bir rasmni bajarishda uni qator oxirigacha xatosiz yetkazgan bo‘lsa, u holda o‘rganish saviyasi yaxshi degan xulosaga kelish mumkin. Agar u xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u holda psixolog xato xususiyatlariga e’tibor berishi kerak. Agar rasm kattalashsa yoki kichiklashsa — bu o‘lcham va shaklni qabul qilish buzilganligi haqida guvohlik beradi. Agar rasm yuqoriga yoki pastga «ketsa», bu namunaga uzoq vaqt taqlid qila olmaslikni bildiradi. Bu yerda gap namunaga amal qilish ko‘nikmasiningturg‘un shakllanganligi haqida borayapti. Masalan, shunga o‘xshash xatolarga yo‘l qo‘yadigan bola kelgusida yozish malakalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv vazifalarini bajarayotganda taklif etilgan yozuv elementini qator oxirigacha yetkaza olmaydi. Bunday bolalarga qator o‘rtasiga harfni yoki yozuv elementi-ni yana bir marta yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Uchinchi topshiriqetarlicha murakkab bo‘lganligi sababli, bolalar uning birinchisini ikkitasidan yomonroq bajaradilar. Bunday bolalarga yana bir naqshni (psixolog o‘zi o‘ylab topgan) bajarishni taklif etadi. Shundan so‘ng yana uchinchi murakkab mashqni bajarishga qaytish mumkin. Agar bola yana bajara olmasa, u holda bolaning o‘qitilish saviyasi yetarlicha past deb taxmin qilish mumkin. O‘qituvchilar va ota-onalarga o‘quv vazifalarini bajarishda bolalarni shoshiltirmaslik tavsiya etiladi.

Test natijalarini baholash

Har bir naqshda diktantning bajarilishi va uning mustaqil davom ettirilishi alohida-alohida baholanadi. Baholash quyidagi shkala bo‘yicha amalga oshiriladi:

Diktant qilinayotgan naqsh uchun

1. Naqsh aniq chizilsa -4 ball (chiziqlar tekis emas, «qaltiroq» chiziq, topshiriqni bajarish jarayonida tozalikka rioya qilish darajasi hisobga olinmaydi hamda uning holati bahoni pasaytirmaydi);

2. Bitta chiziqda xatoga yo‘l qo‘yilsa — 3 ball.

3. Bir nechta xatoga yo‘l qo‘yilsa — 2 ball.

4. Chizmaning ba’zi elementlari diktantdagi naqshga o‘xshasa — 1 ball.

5. Chizma diktantdagi naqshga umuman o‘xshamaydi — 0 ball.

Naqshning mustaqil davom ettirilishi uchun

1. Mustaqil davom ettirilgan naqsh — 4 ball (chiziqlar notekis, «qaltiroq» chiziq, topshiriqni bajarish jarayonida tozalikka rioya qilish darajasi hisobga olinmaydi hamda uningholati bahoni pasaytirmaydi);

2. Chizmani davom ettirishda bir marta yordam berilganda — 3 ball.

3. Chizmani davom ettirishda bir necha marta yordam berilsa — 2 ball.

4. Chizmani mustaqil davom ettirishda katta qiyinchiliklarga uchrasa — 1 ball.

5. Chizmani mustaqil davom ettira olmasa — 0 ball.

Shunday qilib, har bir naqsh uchun bola ikkita baho oladi: birinchisi — diktantni bajarishi uchun, ikkinchisi — naqshni mustaqil davom ettirganligi uchun. Har ikkala baho 0 dan 4 ball oralig‘ida bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi baho bola-ning mutlaqo turli xil ruhiy imkoniyatlariga qo‘yilishini tushunib yetish zarur. Birinchi holda bolaning o‘quv namunasini bajarish va pedagog talablariga mos faoliyatning xatosiz bajarilishini nazorat qila olish qobiliyati baholanadi. Ikkinchi baho o‘quv vazifasini bajarishda o‘z faoliyatini boshqarish elementlarining shakllanganlik darajasiga tegishlidir. Har ikkala holda 0-2 ball tash-xis qilinayotgan ruhiy fenomenning shakllanmaganligi haqida guvohlik beradi, 3-4 ball esa — ularning shakllanganligini bildiradi.

Previous Post: XAVOTIRLANISH DARAJASINI ANIQLASH METODIKASI
(Ch.D.Spilberger)

July 27, 2022 - In Foydali Psixologiya

Next Post: O‘SMIRLIK DAVRIDA QO‘RQUV HOLATLARINING NAMOYON BO‘LISHI

July 29, 2022 - In Foydali Psixologiya

Related Posts

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

16 + = 24