“KECHIRIB YUBORISH” trening mashgʼuloti

Mashgʼulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorrektsion faoliyatda hamda individual psixokorrektsion faoliyatda qoʼllanilishi mumkin boʼlib *emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, *shaxslar aro (guruhiy, oilaviy, ota-ona va farzand) munosabatlaridagi buzilishlarni korrektsiya qilish.
Trener soʼzi: Insondagi yopishqoq va orom bermas fikrlar – alam, ranjish, nafrat, oʼch olish hislari sabablidir. Bundan qutulishning eng maqbul yoʼli bu barcha-barchasini kechirib yuborib qayta eslamaslik. Kimnidir inson kechira olmasa quyidagi mashqdan foydalanishi mumkin. Inson koʼzlarini yumadi, kechirishni maqsad qilib qoʼygan insonini katta, yorugʼ sahnada tasavvur qiladi, 15-20 soniya davomida hamma oʼsha insonga gullar va sovgʼalar berayotganini hayolan tasavvurda kuzatadi. Shundan soʼng inson oʼsha sahnaga va oʼsha holatga oʼzini qoʼyadi va oʼzini ham shu tarzda 15-20 soniya hayolan tasavvurda kuzatadi. Bu mashgʼulotni har kuni 1-2 marotaba 21 yoki 40 kun davomida bajarish kerak…toki oʼsha insonni chindan kechirib yubormaguncha. Bu mashgʼulotni trener amaliyotda bajarib koʼrishni ishtirokchilarga taklif etadi.
“Аgar nafratlansang, demak seni ustingdan gʼalaba qozonishdi!” Konfutsiy.
Yuqoridagi xikmatli soʼzni asosan xafagarchilik, aybdorlik hissi yuqori boʼlgan oʼsmirlar bilan birga muhokama qilish va ularga salbiy his tuygʼularning salbiy taʼsirini tushuntirish kerak. Shuningdek, agar guruhda boʼlsa, oʼquvchilar bilan Konfutsiyning yuqoridagi sitatasi asosida muhokama yoki debat oʼtkazish ham samara beradi.

Previous Post: “Biz – jamoamiz!” trening mashg‘uloti

July 26, 2022 - In Metodika va Treninglar, Psixologik maslahat

Next Post: “MENING HАYOTDАGI SHIORIM” trening mashgʼuloti.

July 27, 2022 - In Metodika va Treninglar

Related Posts

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

− 3 = 5