Harflar nimadan darak beradi? Ism taqdirni belgilaydimi ?


Quyidagi harflar xususiyatini o’qib chiqib, tanlagan yoringiz qanday fe’l-atvor egasi ekanligini, tabiatan muloyim yoki aksincha ekanligini bilib oling. Harflab o’qiymiz.
A-ismida ushbu harf mavjud insonlar mehnatkash bo’lishadi. Ular tunu-kun mehnat qilib, har doim ham o’z foydasi uchun ishlayvermaydilar.
B-tavakkalchilik harfi. Ismidan ushbu harf mavjud inson hayotda doimo tavakkal qilishiga to’g’ri keladi: u yo pullarni, yo sog’lig’ini, yo hayotini o’rtaga qo’yadi.
V-orzularni ro’yobga chiqarish harfi. Lekin bu harf ismida mavjud bo’lgan insonlarning hamma orzulari ham amalga oshavermaydi, faqat oqilona, obdon rejalashtirilgan istaklargina ro’yobga chiqishi mumkin.
G-ozodalikni xush ko’ruvchi insonlarning ismida ushbu harf mavjuddir.
D-chaqqonlik ramzi. Ismida ushbu harf mavjud insonlar doimo o’z haqqini birinchi bo’lib talab qiladilar.
J-go’zallikni sevuvchilar harfi. Ko’pincha ismida ushbu harf mavjud insonlar tashqi ko’rinishga haddan ziyod e’tibor berib yuboradilar.
Z-aybdorlik harfi. Boshqa harflarga qaraganda shu harf ismida mavjud bo’lgan kishilar mudom yo o’zlarini, yo atrofdagilarni biron bir narsada ayblab yashaydilar.
I-sog’lom idrok. Bu insonlar hayotda hamma narsani yetti o’lchab bir kesib amalga oshiradilar. Barcha narsalarga haqqoniy qaraydilar.
Y-tashqi ko’rinishidan o’ziga ishonuvchan va kuchli bo’lsada, aslida unday emas. Bunday kishilar
bo’lar bo’lmasga vaxima qiladigan kishilar toifasiga kiradilar.
Q-K-bu harf bir varakayiga sirlilik va mustaqillikni ifodalaydi. Bunday insonlar barcha muammolarni boshqalarga bildirib o’tirmay, o’z bilganicha hal etadilar.
L-shu harf mavjud bo’lgan insonlar uchun-ma’naviyati yuqori hayotdan ko’ra, o’z jismining go’zalligi afzal.
M-yangi taassurotlar ramzi. Ismida bu harf bo’lgan insonlar sayohat qilishni, kinoga borishni xush ko’ruvchilar toifasidan bo’lishadi.
N-tanlash belgisi. Bu harfli insonlar taomlarni, aloqalarni saralab tanlashga moyil bo’ladilar.
O-chegaralanganlik ramzi. Bunday insonlar yoshliklarida singdirilgan qoidalar bo’yicha yashaydilar. Onasi yoki otasiga juda ham o’xshab ketuvchi kishilarga ko’ngil qo’yishga moyil bo’ladilar.

P-g’alaba qozonish belgisi. Ular xoh muammolarni, xoh biron bir qalbni bo’lsin osonlikcha taslim qiladilar.
R-hayot yo’lidan to’g’ri, ya’ni chalg’imay borish, ko’zlagan maqsadi va aytgan so’ziga sadoqat ramzi.
S-porloqlik ramzi. Havo momoni ayriliq bilan o’z makriga ilintirgan ilonning yorqin rangi, bunday odamlar uzoq vaqtgacha kishilar yodida bo’ladilar.
T-har xil narsalarga muhabbat. Bunday kishilar juda ham injiq bo’ladilar, hattoki ba’zida o’zlari nima ba’zida o’zlari nima istashini ham yaxshi bilmaydilar.
U-ayyorlik. Bu harf ismida mavjud bo’lgan insonlar o’zlari uchun kerakli narsani osonlikcha, ko’p mehnat sarf qilib qo’lga kirita oladilar.
F-donolik va mustaqillik. Ismida ushbu harf mavjud bo’lgan insonlar kuchli boshliq bo’la oladilar.
X-H-mehribonlik ramzi. Bunday insonlar hech qachon hech kimni e’tiborsiz qoldirishmaydi.
S-ezgulikka umid. Ular faqat birovlarga yaxshilik qilishga harakat qiladilar.
CH-bu harf faqat o’ta dovyurak insonlar ismida uchraydi. Ular yaqin kishilarini juda mehr bilan himoya qiladilar.
SH-sovuqqonlik harf. Bunday insonlar hech qachon vahimaga tushmaydilar.
E-eng xudbin insonlar ismida uchraydigan harf. Qisqasi hayotdan o’z foydasiga hamma narsani ola biluvchi insondir.

Previous Post: Motivatsiya nima ?

February 24, 2020 - In Motivatsiya

Next Post: Tafakkuringizni sinab ko’ring !!!

March 20, 2020 - In Metodika va Treninglar

Related Posts

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

91 − = 88